Yangi tahrirdagi ISO 9001:2015 standarti bo'yicha sifat sertifikati taqdim etildi
Joriy yilning 19 dekabr kuni «O'zstandart» agentligi qoshidagi MCHJ «O'zbek-Turk Test Markazi» QK tomonidan MCHJ «VISION TEXTILE» ga yangi tahrirdagi ISO 9001:2015 standarti bo'yicha halqaro sifat menejment tizimi sertifikati topshirildi.
O'rganishlar natijalariga ko'ra, MCHJ «O'zbek-Turk Test Markazi» QK sisertifikatlashtirish idorasi auditorlari tomonidan MCHJ «VISION TEXTILE» korhonasi ISO 9001:2015 halqaro standart talablariga muvofiq ekanligi tasdiqlandi.
MCHJ «VISION TEXTILE» korhonasi sifat menejment tizimini barcha auditor tekshiruv bosqichlaridan o'tdi, hujjatlar tekshirildi, hom-ashyo va ishlab chiqarish sharoitining havfsizligi hamda ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarning yuqori sifatliligi tasdiqlandi.
ISO 9001:2015 sertifikati MCHJ «VISION TEXTILE» korhonasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni doimiy ravishda yuqori sifatini ta'minlash hamda ishlab chiqarishning barcha jarayonlarida turli hil hatarlarni kamaytirish va baholash, hizmat ko'rsatish sifatini oshirish, mijozlar hohishi va talablar qanoatlantirilganligini aniqlashga imkoniyat beradi.