Sinov laboratoriyasi majmuasi

Bosh sahifa / Biz haqimizda / Sinov laboratoriyasi majmuasi

  

SINOV LABORATORIYASI

   Sinov laboratoriyasi bir yoki bir nechta mahsulot turlarini tadqiq etishga ixtisoslashgan bo‘ladi. Uning faoliyatini boshlashining eng muhim sharti — O‘zbekiston Respublikasi Milliy akkreditatsiya tizimida akkreditatsiyadan o‘tishdir.

    “O‘zbek-Turk Test Markazi” qo‘shma korxonasining Kompleks sinov laboratoriyalari (KSL) O‘zbekiston Respublikasi Milliy akkreditatsiya tizimida akkreditatsiyadan o‘tgan va akkreditatsiya guvohnomasi №O’ZAK.SL.0121 bo‘yicha mahsulotlarning sertifikatlash sinovlarini o‘tkazish huquqiga ega.

  Akkreditatsiyadan o‘tgan sinov laboratoriyalari kompleksi 3 ta sinov laboratoriyasidan iborat. “To‘qimachilik mahsulotlarini sinov laboratoriyasi” Turkiya akkreditatsiya organi (TURKAK) tomonidan xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan bo‘lib, bu qo‘shma korxona tomonidan tuzilgan sinov bayonnomalarining xalqaro darajada tan olinishini ta’minlaydi.

   TURKAK — Yevropa Akkreditatsiya Tashkiloti (EA), Xalqaro Akkreditatsiya Forumi (IAF), Xalqaro laboratoriyalar va inspeksiya organlari akkreditatsiyasi hamkorligi (ILAC) a’zosi bo‘lib, o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi MLA bitimiga kiradi. Bu esa laboratoriya faoliyati jarayonida baholashning mustaqilligi va xolisligini kafolatlaydi hamda “O‘zbek-Turk Test Markazi” qo‘shma korxonasi laboratoriyasi tomonidan berilgan sinov bayonnomalarining jahon miqyosida tan olinishini ta’minlaydi.