Sinov laboratoriyasi

Bosh sahifa / Bizning xizmat / Sinov laboratoriyasi

SINOV LABORATORIYASI

    Sinov laboratoriyasi bir yoki bir nechta mahsulot turlarini tadqiq etishga ixtisoslashgan bo‘ladi. Uning faoliyatini boshlashining eng muhim sharti — O‘zbekiston Respublikasi Milliy akkreditatsiya tizimida akkreditatsiyadan o‘tishdir.

   “O‘zbek-Turk Test Markazi” qo‘shma korxonasining Kompleks sinov laboratoriyalari (KSL) O‘zbekiston Respublikasi Milliy akkreditatsiya tizimida akkreditatsiyadan o‘tgan va akkreditatsiya guvohnomasi №O’ZAK.SL.0121 bo‘yicha mahsulotlarning sertifikatlash sinovlarini o‘tkazish huquqiga ega.

 

    Akkreditatsiyadan o‘tgan sinov laboratoriyalari kompleksi 3 ta sinov laboratoriyasidan iborat. “To‘qimachilik mahsulotlarini sinov laboratoriyasi” Turkiya akkreditatsiya organi (TURKAK) tomonidan xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan bo‘lib, bu qo‘shma korxona tomonidan tuzilgan sinov bayonnomalarining xalqaro darajada tan olinishini ta’minlaydi.

      TURKAK — Yevropa Akkreditatsiya Tashkiloti (EA), Xalqaro Akkreditatsiya Forumi (IAF), Xalqaro laboratoriyalar va inspeksiya organlari akkreditatsiyasi hamkorligi (ILAC) a’zosi bo‘lib, o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi MLA bitimiga kiradi. Bu esa laboratoriya faoliyati jarayonida baholashning mustaqilligi va xolisligini kafolatlaydi hamda “O‘zbek-Turk Test Markazi” qo‘shma korxonasi laboratoriyasi tomonidan berilgan sinov bayonnomalarining jahon miqyosida tan olinishini ta’minlaydi.

Sinov nima?

Sinov — bu mahsulot, jarayon yoki xizmatning bir yoki bir nechta xususiyatlarini belgilangan tartibga muvofiq aniqlashga qaratilgan texnik jarayondir.

Protsedura — bu faoliyat yoki jarayonni amalga oshirishning belgilangan usulidir.

Sinovlarni o‘tkazishning asosiy bosqichlari

Sinovlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

  • sinov o‘tkazish uchun arizani tahlil qilish;
  • sinov dasturini ishlab chiqish;
  • sinov vositalarini tayyorlash;
  • namunalarni qabul qilish va saqlash;
  • sinovlarni o‘tkazish;
  • sinov ma’lumotlarini qayd etish;
  • ma’lumotlarni qayta ishlash va natijalar aniqligini baholash;

sinov bayonnomasini rasmiylashtirish va me’yoriy hujjatlarda (MH) belgilangan talablar bilan muvofiqlik bahosini ko‘rsatish.

  

SINOV BAYONNOMASI

  Sinov bayonnomasi — bu akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriya tomonidan beriladigan, o‘tkazilgan sinov natijalarini o‘z ichiga olgan rasmiy hujjatdir.

  Mahsulot ko‘rsatkichlarini turli texnik vositalar va o‘lchov asboblari yordamida sinovdan o‘tkazish orqali ularning zarur standart talablariga (ГОСТ ISO, ГОСT, Texnik reglamentlar va boshqa me'yoriy hujjatlar) muvofiqligi aniqlanadi. Sinovlar tugagach, akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriya mutaxassislari sinov bayonnomasini tuzadilar, bu esa mahsulot yoki buyumning tegishli me'yoriy hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlaydi.

  Sinov bayonnomasi sertifikatlash markaziga yoki buyurtmachiga topshiriladi. Ushbu hujjatning nusxasi laboratoriyada kamida 3 yil davomida elektron shaklda saqlanadi.

  Laboratoriya sinovlari natijalari buyurtmachi va sinovni o‘tkazgan laboratoriyaning teng mulki hisoblanadi. Agar sinov natijalarini e’lon qilish zarurati tug‘ilsa, har ikki tomonning roziligi olinishi kerak. Tadqiqotlar jarayonida olingan ma’lumotlar maxfiy hisoblanadi va ularni oshkor qilish uchun shaxsiy javobgarlik belgilanadi.

Sinov bayonnomasi quyidagi hollarda talab qilinadi:

  • mahsulotlarni sertifikatlash sinovlari uchun;
  • mahsulotni me'yoriy hujjatlarga muvofiqligini davriy sinovdan o‘tkazish uchun;
  • qabul-topshirish sinovlari uchun.

   Sinov bayonnomasi asosida Sertifikatlashtirish organi qaror qabul qiladi. Ushbu ikkita (yoki bir nechta) hujjat sertifikatlar berishda asosiy hisoblanadi. Agar sertifikat olish uchun turli sohalarda xavfsizlikni tasdiqlash maqsadida tadqiqotlar o‘tkazilishi majburiy bo‘lsa, u holda bir nechta akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriyalarda tadqiqotlar o‘tkazilishi mumkin va har bir laboratoriyada alohida sinov bayonnomasi tuziladi.

Bizning mutaxassislarimizdan bepul dastlabki maslahat olish uchun quyidagi raqamga murojaat qilishingiz mumkin: +0 (371) 250-82-99   yoki e-mail orqali so‘rov yuboring: info@uzttm.uz