ISO 9001 halqaro standarti talablari asosida sertifikatlangan korhonalar soni ko'paymoqda

Bosh sahifa / Xabarlar / ISO 9001 halqaro standarti talablari asosida sertifikatlangan korhonalar soni ko'paymoqda

  2017 yilning 26 yanvar sanasida Qashqadaryo viloyatida MCHJ «O'zbek-Turk Test Markazi» QK qoshidagi menejment tizimlarini sertifikatlashtirish idorasi tomonidan MCHJ  «MURODALI FARM TEXTILE» korhonasiga ISO 9001:2015 standarti bo'yicha halqaro sifat menejment tizimi sertifikatini tantanali ravishda topshirdi.

  ISO 9001:2015 halqaro standarti eng mashhur kompaniyalarning muvaffaqiyatli halqaro tajribalarini tizimli ravishda tashkil etish, hamda ishlab chiqarish va yakuniy mahsulotning sifati yuqori darajada ekanligini tasdiqlaydi.

   MCHJ «MURODALI FARM TEKSTIL» korhonasi sifat menejment tizimi barcha audit bosqichlaridan o'tdi: hujjatlar tekshirildi, hom-ashyo va ishlab chiqarish sharoiti havfsizligi hamda ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotning yuqori sifatliligi tasdiqlandi.

   ISO 9001:2015 standarti  MCHJ «MURODALI FARM TEKSTIL» korhonasi sifat menejmenti tizimining qayta sertifikatlashtirilishi taqdim etilayotgan hizmatlar sifatining korhona tomonidan rivojlanish, raqobatbardoshlikning strategik asosi, respublika bozorida etakchi o'rin egallashga imkon beradi.

қўшилган сана: 27-01-2017