Hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Bosh sahifa / Xabarlar / Hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

  Joriy yilning 3 aprel kuni “O'zstandart” agentligida Turkiya Davlatidan tashrif buyurgan, “TurkAK” halqaro akkreditaciya idorasining Bosh sekretari Doktor Halil Ibrahim Chetin bilan agentlik Bosh direktori A. Haitovning uchrashuvi bo'lib o'tdi.

   Mazkur uchrashuvni “O'zstandart” agentligi Bosh direktori A.Haitov kirish so'zi bilan ochib, “TurkAK” halqaro tashkiloti bilan uzoq yillik hamkorlikning bugungi va kelgusidagi vazifalariga alohida to'htalib,  mehmonlarga tashriflari va do'stona hamkorlik uchun alohida minnatdorchilik bildirdi.

Uchrashuvda “O'zstandart” agentligi va “TurkAK” tashkiloti o'rtasida  halqaro akkreditaciyadan o'tgan laboratoriyalarning faoliyatini inspekcion nazoratdan o'tkazish va akkreditaciya doirasini yanada kengaytirish masalalari bo'yicha baholash auditini o'tkazish ishlari muhokama qilindi.

қўшилган сана: 04-04-2017