MCHJ “O'zbek-Turk Test Markazi” qo'shma korxonasining “To'qimachilik va poyafzal mahsulotlarini” sinash laboratoriyasida navbatdagi xalqaro akkreditasiya jarayonlari o'tkazildi

Bosh sahifa / Xabarlar / MCHJ “O'zbek-Turk Test Markazi” qo'shma korxonasining “To'qimachilik va poyafzal mahsulotlarini” sinash laboratoriyasida navbatdagi xalqaro akkreditasiya jarayonlari o'tkazildi

       “TÜRK AKREDİTASYON KURUMU” (TÜRKAK) akkreditasiya idorasi tomonidan TS EN ISO 17025-2017 “Sinov va kalibrlash laboratoriyalari kompetentliligiga qo'yiladigan umumiy talabları” bo'yicha qayta akkreditasiyadan o'tkazıldi.

      Baholash ishlari joriy yilning 01-02 fevral kunlari “TÜRKAK” akkreditasiya idorasining xalqaro ekspertlari POLAT YELKEN ŞÜKRAN va YAROĞLU TOLGA tomonlaridan olib borildi.

     Baholash rejasiga asosan, To'qimachilik va poyafzal mahsulotlarini sinash laboratoriyasi mutahassislari tomonidan halqaro me'yoriy hujjatning sinov metodlari asosida sinovlar o'tkazildi.

    Ma'lumot uchun: “TÜRKAK” Еvropa tashkiloti akkreditasiya-ЕА ga, halqaro akkreditasiya forumi-IAF va akkreditaciya laboratoriyalari nazorati inspeksiya tashkiloti idoralari-ILAC, hamda o'zaro bitim va hamkorlik MLA-ga a'zosidir.

қўшилган сана: 02-02-2024