MCHJ «FUTURE PAINTS PLANT» qo’shma korxonasiga ISO 9001 standarti bo'yicha halqaro sifat menejment tizimi sertifikati topshirildi

Bosh sahifa / Xabarlar / MCHJ «FUTURE PAINTS PLANT» qo’shma korxonasiga ISO 9001 standarti bo'yicha halqaro sifat menejment tizimi sertifikati topshirildi

       MCHJ «O'zbek-Turk Test Markazi» QK sertifikatlashtirish idorasi auditorlari tomonidan MCHJ «FUTURE PAINTS PLANT»  qo’shma korhonasi ISO 9001:2015 halqaro standart talablariga muvofiq ekanligi tasdiqlandi.
 

    «FUTURE PAINTS PLANT» MCHJ qo’shma korhonasi sifat menejment tizimini barcha auditor tekshiruv bosqichlaridan o'tdi, hujjatlar tekshirildi, hom-ashyo va ishlab chiqarish sharoitining havfsizligi hamda ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarning yuqori sifatliligi tasdiqlandi.

      ISO 9001 sertifikati «FUTURE PAINTS PLANT» MCHJ qo’shma korhonasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni doimiy ravishda yuqori sifatini ta'minlash hamda ishlab chiqarishning barcha jarayonlarida turli hil hatarlarni kamaytirish va baholash, hizmat ko'rsatish sifatini oshirish, mijozlar hohishi va talablar qanoatlantirilganligini aniqlashga imkoniyat beradi.

қўшилган сана: 30-09-2022