MCHJ ”O'zbek-Turk Test Markazi” QK ” To'qimachilik va poyabzal mahsulotlari” sinash laboratoriyasi, ”TÜRKAK” akkreditasiya idorasi tomonidan navbatdagi inspektsiya nazorati o'tkazildi

Bosh sahifa / Xabarlar / MCHJ ”O'zbek-Turk Test Markazi” QK ” To'qimachilik va poyabzal mahsulotlari” sinash laboratoriyasi, ”TÜRKAK” akkreditasiya idorasi tomonidan navbatdagi inspektsiya nazorati o'tkazildi

    Joriy yilning 7-8 fevral kunlari TS EN ISO/IEC 17025-2017 "Sinov va kalibrlash laboratoriyalari kompetentligiga umumiy talablari" bo'yicha MCHJ "O'zbek-Turk Test Markazi" QK ning "To'qimachilik va poyabzal mahsulotlari"ni sinash laboratoriyasida navbatdagi inspeksiya nazorati o'tkazildi.

  Inspektsiya auditini Turkiyaning "TÜRKAK"  akkreditasiya idorasi auditorlari, guruh rahbari MAHMUT KOSEOGLU va texnik mas'ul SUKRAN POLAT YELKEN tomonidan olib borildi.

  Tasdiqlangan rejaga asosan, to'qimachilik laboratoriyasi mutahassislari tomonidan halqaro me'yoriy hujjatning sinov metodlari asosida sinovlar o'tkazildi.

Inspeksiya jarayonida aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf qilish bo'yicha chora-tadbir ishlab chiqib, 3 oydan oshmagan holda bartaraf qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.   

  "TÜRKAK" Еvropa tashkiloti akkreditasiya-ЕА ga, halqaro akkreditasiya forumi-IAF va akkreditaciya laboratoriyalari nazorati inspeksiya tashkiloti idoralari-ILAC, hamda o'zaro bitim va hamkorlik MLA-ga a'zodir.

Bu esa MCHJ “O'zbek-Turk Test Markazi” QK ning sinov laboratoriyasi majmuasining mustaqilligiga va holisligini ta'minlab, MCHJ “O'zbek-Turk Test Markazi” QK tomonidan rasmiylashtirilayotgan sinov bayonomalarini jahon bozorlarida tan olinishi imkonini bermoqda.

қўшилган сана: 07-02-2025